Tabiatdan ko‘mak
Prostamol® uno Serenoa repens ekstrakti bo‘lgan o‘simlik tabiatli dori preparati hisoblanadi.
Serenoa repens dan foydalanish Amerikadan kelgan bo’lib, u yerda tub amerikaliklar uni bepushtlik va jinsiy zaiflikda qo’llashgan. Adabiyotda siydik yo‘llari kasalliklarida qo‘llanilishi haqidagi birinchi ma’lumotlar 20-asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Serenoa repens subtropik iqlimda, ayniqsa AQShda (Florida) qirg‘oq bo‘ylarida o‘z-o‘zidan (yovvoyi holatda) o‘sadi.
Prostamol® uno preparatini 30 kun davomida qabul qilishdan boshlang
1 oylik qabul qilish uchun
Har birida 320 mg Serenoa repens ekstrakti bo‘lgan 30 yumshoq kapsuladan iborat o‘ram
PROSTATA BEZINING XAVFSIZ GIPERPLAZIYASI
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasiga (PBXG) chalingan bemorlarning hayot sifati qoniqarsiz bo‘lib, ularning psixologik farovonligi ham katta zarar ko’radi
Erkaklarda peshob chiqarish buzilishining eng ko‘p uchraydigan alomati nikturiya (tungi siyish), undan keyin tez-tez peshob chiqarish, oqim zaifligi, to‘liq bo‘shamaslik, oqim uzilishi, peshob chiqarishda kuchanish va zo‘riqish uchraydi.
Nikturiya - hayot sifatiga eng salbiy ta’sir ko‘rsatadigan pastki siydik yo‘llarining alomatidir.
Peshob chiqarishdan keyingi qoldiq peshob, pastki siydik yo‘llarining alomatlari, xavotir va depressiya PBXG ga chalingan erkaklarda salomatlik bilan bog‘liq hayot sifatining muhim ko‘rsatkichlari sifatida aniqlangan.
Prostamol® uno ni tanlang
Tarkibida Serenoa repens ekstrakti bo‘lgan Prostamol® uno ning kuniga 1 kapsulasi prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bilan bog‘liq bo‘lgan peshob chiqarilishi qiyinlashishini yengillashtiradi.