Ko‘rsatmalar
Prostamol® uno tarkibida o‘simlik tabiatli dori vositasi hisoblangan Serenoa repens ekstraktini saqlaydi.
Prostamol® uno katta yoshdagi erkaklarda Alken tasnifi bo‘yicha I va II bosqichdagi prostata bezini xavfsiz kattalashishi oqibatida peshob chiqarilishini qiyinlashishini davolash uchun qo’llaniladi.
Prostamol® uno prostata bezi to‘qimalarining keyingi kattalashishini oldini olib, siydik pufagiga bosimni pasaytiradi va siydik oqimini oshiradi.
Ingredientlar
Serenoa repens ekstrakti faol modda hisoblanadi:
har bir yumshoq kapsulada 320 mg serenoa palmasi mevalarining ekstrakti (Serenoae repens Extractum) (9-11:1) saqlanadi.
Ekstraksiyalovchi modda: etanol 96%.
Qo‘llanilishi
Prostamol® uno bir xil vaqtda, kuniga 1 yumshoq kapsuladan 1 marta qabul qilinadi. Yumshoq kapsulalarni ovqatdan keyin, yetarlicha miqdorda suyuqlik ichib, butunligicha yutish kerak.
Davolashing davomiyligi kasallikning turi, og’irligi, hamda kechishiga bog‘liq va vaqt bilan cheklanmagan. Iltimos, bu to‘g‘risida shifokor bilan maslahatlashing.
Prostamol® uno preparati bilan davolash uzoq muddatli va muntazam bo‘lishi lozim. Muvaffaqiyatli davolanish uchun muntazam kundalik qabul ayniqsa muhimdir. Alomatlar yaxshilanishini taxminan olti haftadan keyin kutish mumkin. To‘liq samaraga erishish uchun taxminan uch oy talab qilinishi mumkin.
Agar 6 haftalik davolanishdan keyin shikoyatlar kamaymasa yoki ko’paysa, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Ogohlantirishlar
Prostamol® uno ni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashing.
Prostamol® uno katta yoshdagi erkaklarda Alken tasnifi bo‘yicha I va II bosqichdagi prostata bezini xavfsiz kattalashishi oqibatida peshob chiqarilishini qiyinlashishini davolash uchun qo’llaniladi.
U jinsiy funksiyaga ta’sir qilmaydi. Agar peshob chiqarishdagi qiyinchilikka nima sabab bo‘layotganini bilmasangiz, shifokoringizga murojaat qiling. Prostamol® uno, faqat sizda prostata bezi kattalashgan bo‘lsa, yengil va o‘rtacha darajadagi shikoyatlarni yaxshilaydi. U kattalashuvni ortga qaytarmaydi. Shuning uchun prostatadagi xavfli o‘zgarishlarni istisno qilish uchun muntazam ravishda shifokoringizga tashrif buyuring.
Chiqarilish shakli
Prostamol® uno 30 kapsuladan iborat o‘ramda chiqariladi.
Prostamol® uno preparatining bitta kapsulasida 320 mg Serenoa repens ekstrakti saqlanadi