Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

QO'SHIMCHA MA'LUMOT

SERENOA REPENS

Serenoa repens o‘zi nima

Serenoa repens yoki Saw Palmetto - subtropik iqlimda, ayniqsa AQShda (Florida) qirg‘oq bo‘ylab o‘z-o‘zidan (yovvoyi holatda) o‘sadigan mitti palma daraxti hisoblanadi. U yog‘ kislotalari va fitosterollarga boy to‘q qizil meva beradi.

Bu o‘simlik qayerdan kelgan?

Serenoa repens dan foydalanish Amerikadan kelgan, u yerda tub amerikaliklar uni peshob chiqarish va reproduktiv salomatlik uchun qo’llashgan. Bu mevalardan tetiklashtiruvchi sifatida foydalanishni keyinchalik kolonistlar ham o‘zlashtirgan. Adabiyotda siydik yo‘llari kasalliklarida qo‘llanilishi haqidagi birinchi ma’lumotlar 20-asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.

Prostata bezi

Prostata bezi - bu erkaklarning urogenital tizimiga tegishli bez.

U to‘g‘ridan-to‘g‘ri siydik pufagi ostida, to‘g‘ri ichak oldida va qov bitishmasi ortida joylashgan.

O‘lchami va shakli bo‘yicha kashtanga o‘xshaydi, asosi yuqoriga, cho‘qqisi esa pastga yo‘nalgan.

Uning hajmi va vazni yoshga qarab o‘zgaradi: 20-30 yoshda uning o‘lchamlari 4 x 3 x 2 sm, o‘rtacha og‘irligi esa taxminan 20 grammni tashkil etadi.

Prostata bezi orqali uretraning birinchi qismi o‘tadi, orqa-yuqori qismida esa urug‘ chiqarish yo‘llari o‘tadi.

Prostata bezi ikki turdagi to‘qimalardan iborat: bezli va mushak. U o‘ziga xos funksiyalarga ega - bu ikkilamchi jinsiy organ, shuningdek, siydik yo‘llarining fiziologiyasida ham ahamiyatga ega.

Prostata bezi ikkilamchi jinsiy organ hisoblanadi; bez to‘qimasi bir oz kislotali prostata suyuqligini ishlab chiqaradi, u eyakulyatsiya paytida sperma bilan aralashadi va spermatozoidning hayotchanligi uchun zarur bo‘lgan elementlarni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, u siydik yo‘llarining fiziologiyasiga ham hissa qo‘shadi. Uning mushak tuzilmalari siydik pufagining ostida "yoqa" vazifasini o‘tash imkonini beradi, bu siydik oqimini boshqarish va uni ushlab turishga yordam beradi.

 

Sifat birinchi o‘rinda

Sifat farmatsevtika kompaniyasining asosi bo‘lib, dori preparatining bemorlar uchun xavfsizligi, samaradorligi va maqbulligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan har qanday tadqiqot, ishlab chiqarish, tarqatish va farmakologik nazorat tadbirlarini belgilaydi.

Bizning qadriyatlarimiz

Biz har kuni o‘z qadriyatlarimizni hayotga tatbiq qilamiz. Menarini va Berlin-Xemini vujudga keltirgan va ularning tarixini shakllantirgan to‘rtta qadriyat mavjud.

Barchamiz ularning bir qismimiz va kundalik faoliyatimizda doimiy ravishda qadriyatlarni qo‘llash orqali ularni hayotga tatbiq qilib kelamiz.

Menarini va Berlin-Xemi qadriyatlarining markazida doimo odamlar bo‘ladi. MISSIYA: Har bir kasallik uchun dori vositasi. Ko‘proq salomatlik, ko‘proq baxt, ko‘proq hayot.

DASTUR: Salomatlik, hayotga bo'lgan sadoqatimiz.