Sorry, you need to enable JavaScript to visit this website.

TEZ-TEZ BERILADIGAN SAVOLLAR

Prostamol® uno to‘g‘risida barcha ma’lumot.
Men nimalarni bilishim lozim?

PROSTAMOL® UNO O‘ZI NIMA?

Prostamol® uno prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bilan bog‘liq peshob chiqarish buzilishlarini simptomatik davolash uchun tarkibida Serenoa repens o‘simligi ekstraktini saqlovchi tibbiy preparatdir.

SERENOA REPENS NIMA?

Serenoa Repens yoki Saw Palmetto - mitti palmadir. U subtropik iqlimli qirg‘oqlarda, ayniqsa AQShda (Florida) o‘z-o‘zidan (yovvoyi holatda) o‘sadi. U yog‘ kislotalari va fitosterollarga boy to‘q qizil meva beradi. Amerikalik hindular bu haqida ko‘p asrlar davomida bilishgan va o‘simlikni peshob chiqarish va reproduktiv tizimlarning salomatligi uchun qo’llashgan.

PROSTAMOL® UNO NIMA UCHUN QO‘LLANILADI?

Prostamol® uno yoshi katta erkaklarda prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bilan bog‘liq peshob chiqarish buzilishlarini davolash uchun qo’llaniladi.

PROSTAMOL® UNO NIMA SAQLAYDI?

Prostamol® uno suyuq eritmada Serenoa repens mevasining 320 mg moyli ekstraktini saqlovchi yumshoq kapsulalar shaklida sotiladi. Yumshoq kapsulalar - bu moy eritmasida optimal miqdordagi faol moddalarni o‘z ichiga olgan va ko‘p miqdorda suv bilan ichish oson bo‘lgan maxsus turdagi farmatsevtik shakldir.

PROSTAMOL® UNO QANDAY QABUL QILINADI?

Har kuni bitta yumshoq kapsuladan qabul qilish tavsiya etiladi. Prostamol® uno kapsulalarini ovqatdan so‘ng yetarli miqdordagi suyuqlik, yaxshisi bir stakan suv bilan butun holida ichilishi lozim.

AGAR PROSTAMOL® UNO NI QABUL QILISHNI UNUTGAN BO‘LSAM, ERTASI KUNI IKKITA KAPSULANI QABUL QILISHIM KERAKMI?

O‘tkazib yuborilgan qabulni to‘ldirish uchun preparatning ikkilangan dozasini qabul qilmang.

NEGA PREPARATNI OVQATDAN SO‘NG QABUL QILISH TAVSIYA ETILADI? OCH QORINGA QABUL QILISHGA QARSHI KO‘RSATMALAR BORMI?

Prostamol® uno ni ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi, chunki Serenoa Repensning lipid sterol ekstraktlari och qoringa qabul qilinsa, ko‘ngil aynashi va qorin og‘rig‘i kabi qorinda yengil noqulayliklarga duch kelishingiz mumkin. Shuning uchun preparatni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bunday alomatlar xavfini minimallashtirish tavsiya etiladi.

PROSTAMOL® UNO NI QAYERDAN XARID QILISH MUMKIN?

Prostamol® uno barcha eng yaxshi dorixonalarda sotiladi, lekin uni onlayn dorixonalardan ham sotib olish mumkin. Prostamol® uno shahringizdagi barcha dorixonalarda sotiladi va shuningdek, onlayn dorixonalarda ham buyurtma berish mumkin.

YUMSHOQ JELATIN KAPSULALARNING USTUNLIKLARI NIMADAN IBORAT?

Yumshoq kapsulalar ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan farmatsevtik preparatlardir. Ular faol ingredient eritmasining bir martalik qabulini o‘z ichiga olgan jelatin qobiqdan iborat. Ular faol, suyuq va asosan yog‘li moddalarni ichida saqlash uchun maqbuldir. Yumshoq kapsulalar qabul qilishni osonlashtirishi va yutish bilan bog‘liq noqulayliklarning oldini olishi mumkin. Ular qabul qilingandan so‘ng tezda erib, faol moddaning eritmasi organizmga ajralib chiqishi tufayli so‘rilishiga ko‘maklashadi. Ularda saqlanuvchi faol ingredientni yog‘li eritmasining ta’mi yoki hididan qat’iy nazar, ta’msiz va hidsizdir.

PROSTAMOL® UNO NI RETSEPTSIZ SOTIB OLISH MUMKINMI?

Prostamol® uno tibbiy preparat hisoblanadi, u retseptsiz sotilishi mumkin. Ammo biron shubha bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashish lozim.

PROSTAMOL® UNO KAPSULALARINI CHAYNASA NIMA BO‘LADI?

Yumshoq kapsulalarni ovqatdan so‘ng ko‘p suyuqlik (yaxshisi bir stakan suv) bilan butunlay yutib yuborish lozim.

PROSTAMOL® UNO GLYUTEN SAQLAYDIMI?

Prostamol® uno glyuten saqlamaydi

PROSTAMOL® UNO LAKTOZA SAQLAYDIMI?

Prostamol® uno laktoza saqlamaydi.

PROSTAMOL® UNO HAYVONLARDAN OLINGAN HOSILA MODDALAR SAQLAYDIMI?

Prostamol® Uno hayvonlardan olingan hosilalar saqlaydi, chunki yumshoq kapsulada cho‘chqadan olingan jelatin mavjud.

MENDA YUTISHDA MUAMMOLAR BOR, PROSTAMOL® UNO KAPSULASINI OCHISH VA ICHIDAGINI ICHISHIM MUMKINMI?

Yo‘q, Prostamol® uno kapsulasini butun holida yutish kerak, chunki uning tarkibi suyuq.

QAYSI HOLLARDA PROSTAMOL® UNO NI QABUL QILISH MUMKIN EMAS?

Preparatning faol ingredientiga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik holatida Serenoa repens ekstraktini qabul qilish mumkin emas.

PROSTAMOL® UNO NI NOJO‘YA TA’SIRLARI QANDAY?

Umuman olganda, Serenoa Repens preparatlari yaxshi ko‘tara olinadi. Eng ko‘p uchraydigan ahamiyatsiz nojo‘ya ta’sirlar qatoriga oshqozon-ichak alomatlari (qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynashi, qusish va diareya) kiradi.