Erkaklarda peshob chiqarish buzilishining eng ko‘p uchraydigan alomati nikturiya (tungi siyish), undan keyin tez-tez peshob chiqarish, oqim zaifligi, to‘liq bo‘shamaslik, oqim uzilishi, peshob chiqarishda kuchanish va zo‘riqish uchraydi.
Nikturiya - hayot sifatiga eng salbiy ta’sir ko‘rsatadigan pastki siydik yo‘llarining alomatidir.
Peshob chiqarishdan keyingi qoldiq peshob, pastki siydik yo‘llarining alomatlari, xavotir va depressiya PBXG ga chalingan erkaklarda salomatlik bilan bog‘liq hayot sifatining muhim ko‘rsatkichlari sifatida aniqlangan.